MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va amaldagi vazifasi bo‘yicha faoliyati aralashib ketmayotganligi haqida fikr bildirar ekan: «Qonun buzilishi kuzatilmayapti», — deya ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, MSK zarur holatda o‘zining fikrlarini bildirayapti va nomzodlarning shtablari bilan ish olib bormoqda.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting